TARGET REKLAMA
Instagram va Facebook orqali reklama xizmatlari
Target reklama orqali biznesingizga so‘rov va mijoz olib kelamiz — strategiyadan hisobotgacha
Reklamani postni «ko‘tarish» bilan emas, maqsad va auditoriyadan boshlaymiz. Taklif, kreativ va auditoriyalarni test qilamiz, byudjetni natija berayotgan e’lonlarga o‘tkazamiz va har bir so‘m qayerga ketganini hisobotda ko‘rsatamiz.
Nima kiradi
- Raqobatchilar reklamasi tahlili (Meta Ads Library)
- Auditoriya va taklifni aniqlash
- Reklama kreativlari: banner, video va Reels
- Meta Ads kabineti va Pixel’ni sozlash
- So‘rov yig‘ish: lid-forma, Telegram yoki sayt orqali
- A/B testlar va byudjetni optimallashtirish
- Lid narxi va so‘rovlar bo‘yicha muntazam hisobot
Target reklama xizmati $500 dan boshlanadi
Reklama byudjeti alohida va uni mijoz to‘laydi. Yakuniy taklif maqsad, soha va ish hajmiga qarab shakllantiriladi.
Target reklama bo‘yicha konsultatsiya olishQanday ishlaymiz
- 01
Audit
Biznes, taklif, avvalgi reklamalar va raqobatchilar reklamasi o‘rganiladi
- 02
Strategiya
Maqsad, auditoriyalar, taklif va byudjet taqsimoti belgilanadi
- 03
Kreativlar
Banner, video va matnlar bir nechta variantda tayyorlanadi
- 04
Ishga tushirish va test
Kampaniyalar sozlanadi, auditoriya va kreativlar test qilinadi
- 05
Optimallashtirish va hisobot
Byudjet natija berayotgan e’lonlarga o‘tkaziladi, lid narxi bo‘yicha hisobot beriladi
Ko'p so'raladigan savollar
Reklama Meta Ads kabineti orqali beriladi: maqsad tanlanadi, auditoriya sozlanadi, kreativlar yuklanadi va byudjet belgilanadi. «Ko‘tarish» tugmasi oson, lekin auditoriya va natijani nazorat qilish imkoniyati kam.
Ikki xil xarajat bor: reklama byudjeti (Meta’ga to‘lanadi, uni mijoz to‘laydi) va reklamani boshqarish xizmati. Target reklama xizmati $500 dan boshlanadi; byudjet miqdorini maqsad va sohaga qarab birga belgilaymiz.
Ko‘p hollarda sabab reklamaning o‘zida emas: taklif aniq emas, auditoriya noto‘g‘ri tanlangan yoki so‘rovga tez javob berilmaydi. Shuning uchun ishni kabinet va sotuv jarayonini tekshirishdan boshlaymiz.
SMM sahifani yuritadi va brendga ishonch yaratadi; target reklama esa taklifni kerakli auditoriyaga ko‘rsatib, so‘rov olib keladi. Eng yaxshi natija ikkalasi birga ishlaganda bo‘ladi.
Reklamangiz mijoz olib kelsinmi?
Biznesingiz va hozirgi reklama natijalarini qisqacha yozing. Kabinetingizni ko‘rib, nimani o‘zgartirish kerakligini aytamiz.