← Barcha loyihalar

Ta’lim — buxgalteriya va soliq kurslari · 2025: SMM; 2025 dekabrdan: target reklama, landing sahifalar, CRM · 2025 dekabr – 2026 may, 6 oy

Academy of Accountants: 6 oyda 3 390 lid va 50% ga sifatliroq murojaatlar

Buxgalteriya kurslari uchun target reklama har kurs uchun alohida offer bilan qayta qurildi, so‘ng quiz-landinglar va CRM ulandi. Natija — har oy o‘sib boruvchi lid oqimi va sotuv bo‘limiga tayyor murojaatlar.

  • 3 390lid 6 oyda
  • 914lid may oyida — rekord
  • 1 mlnqamrov (akkauntlar)
  • +50%lid sifati (CRM)

01 · Vazifa

Akademiya bizga kelganda target reklamani boshqa agentlik yuritardi, kreativlar eskirgan edi. 2025-yilda biz SMM’ni qilganmiz; dekabrdan target reklama to‘liq bizga o‘tdi.

Vazifa: bir nechta kurs (1C, IFRS/MSFO, CBU, soliq, “0 dan balansgacha”) uchun o‘zbek va rus auditoriyasida barqaror lid oqimini ta’minlash va byudjet oshganda lid narxini nazoratda ushlab turish.

02 · Nima qildik

  1. 01

    Har kurs uchun alohida offer

    Umumiy “kursga yoziling” o‘rniga har bir kurs o‘z taklifi, kreativi va auditoriyasi bilan chiqdi. O‘zbek va rus auditoriyasi alohida kampaniyalarda.

  2. 02

    Yangi kreativlar

    Eskirgan kreativlar to‘liq almashtirildi: har kurs uchun bir nechta variant sinab ko‘rildi va yaxshi ishlaganiga byudjet o‘tkazildi.

  3. 03

    Lid narxini nazoratda ushlash

    6 oyda reklama byudjeti 2,4 barobar oshdi, lid narxi esa mutanosib o‘smadi — kampaniyalar har hafta qayta taqsimlandi.

  4. 04

    4 ta quiz-landing

    Maydan reklama lead-forma o‘rniga quiz-landinglarga olib keladi: CBU, 1C va IFRS kurslari uchun, har biri o‘zbek va rus tilida. Odam bir nechta savolga javob berib, keyin raqamini qoldiradi.

  5. 05

    CRM’ga ulash

    Barcha landinglar CRM’ga ulangan: har bir murojaat qaysi kurs va qaysi reklamadan kelgani ko‘rinadi, sotuv bo‘limi uni darhol oladi.

03 · Quiz-landing qanday ishlaydi

“0 dan balansgacha” kursi uchun quiz-landing, 4 qadam: nega kerak → format → tayyorlik → kontakt. Har bir javob CRM’ga tushadi.

04 · Natijalar

Lidlar
6 oyda 3 390 lid, qamrov 1 mln akkaunt (Meta Ads, 2025 dekabr – 2026 may).
O‘sish
May oyida 914 lid — davrdagi eng yuqori ko‘rsatkich, aprelga nisbatan +87%.
Lid sifati
Quiz-landing va CRM’dan keyin sotuv bo‘limi uchun sifatli murojaatlar ulushi 50% ga oshdi.
Tizim
Har kurs uchun alohida offer va kampaniya: qaysi kurs qancha lid berayotgani har oy aniq ko‘rinadi.

05 · Lidlar oylar bo‘yicha

Meta Ads hisoboti, 2026. Ustun — oydagi lidlar soni.

Manbalar: Meta Ads hisoboti (accountants.uz, dekabr 2025 – may 2026) va akademiya CRM ma’lumoti. Mijoz nomi va raqamlar uning roziligi bilan ko‘rsatilgan.

Sizga ham shunday natija kerakmi?

Biznesingiz haqida yozing. Birinchi konsultatsiya bepul.

Bepul konsultatsiya olish