Logo, identity va brandbook — farqi nima?
- Logo — brend belgisi: nom yozuvi, belgi yoki ikkalasi birga.
- Brand identity — logo atrofidagi butun vizual uslub: ranglar, shriftlar, grafik elementlar, ijtimoiy tarmoq va hujjatlar uchun shablonlar.
- Brandbook — shu uslubdan qanday foydalanish qoidalari: logo qayerda va qanday o‘lchamda turadi, qaysi ranglar ishlatiladi, nima mumkin emas.
Faqat logo — bu boshlanish. Rang, shrift va qoidalar bo‘lmasa, har bir dizayner brendni o‘zicha chizadi va brend har joyda har xil ko‘rinadi.
Narx nimalardan yig‘iladi
- Hajm — faqat logo, logo va identity yoki to‘liq brandbook.
- Tahlil — biznes, auditoriya va raqobatchilarni o‘rganish. Busiz logo shunchaki chiroyli rasm bo‘lib qoladi.
- Variantlar soni — nechta yo‘nalish taklif qilinadi.
- Tuzatishlar soni — nechta o‘zgartirish narxga kiradi.
- Fayllar — vektor formatlar (SVG, PDF), rangli va oq-qora variantlar, sayt va ijtimoiy tarmoq uchun o‘lchamlar.
- Qo‘shimcha nashrlar — vizitka, blank, peshlavha, qadoq, ijtimoiy tarmoq shablonlari.
- Naming — agar nom ham kerak bo‘lsa, bu alohida ish.
Ish qanday bosqichlarda boriladi
- 1. Brief — biznes, auditoriya, raqobatchilar va brend nimani bildirishi kerakligi haqida savol-javob.
- 2. Tahlil va yo‘nalish — bozorda nima bor, qanday ajralib turish mumkin.
- 3. Konsepsiya — logo va uslub variantlari.
- 4. Tuzatishlar — tanlangan yo‘nalishni mukammal holatga keltirish.
- 5. Topshirish — barcha formatdagi fayllar va, kerak bo‘lsa, brandbook.
Arzon logo qachon qimmatga tushadi
- Shablondan olingan. Xuddi shunday logo boshqa kompaniyada ham bo‘lishi mumkin — ajralib turmaysiz va himoya qilish qiyin.
- Kichik o‘lchamda o‘qilmaydi. Instagram avatarida yoki telefon ekranida logo xira dog‘ bo‘lib qoladi.
- Vektor fayl yo‘q. Peshlavha yoki katta banner uchun logo cho‘ziladi va buziladi, keyin qaytadan chizdirasiz.
- Rang va shrift tizimi yo‘q. Har bir post, banner va sayt boshqacha ko‘rinadi — brend tanilmaydi.
Dizaynerdan nima so‘rash kerak
- Narxga nechta variant va nechta tuzatish kiradi?
- Qanday fayllar topshiriladi — vektor (SVG, PDF) bormi?
- Logo kichik o‘lchamda va oq-qora holatda qanday ko‘rinadi?
- Logoga huquqlar to‘liq sizga o‘tadimi?
- Haqiqiy ishlar bormi — qaysi brendlar uchun qilingan?
Damar’da logo va branding narxi
- Logo yaratish — $500 dan boshlab;
- Branding: identity va brandbook — $1,000 dan boshlab.
Yakuniy narx hajmga bog‘liq: faqat logo, to‘liq identity yoki brandbook bilan. Ish brief va tahlildan boshlanadi; natijada logo, rang-shrift tizimi va ulardan foydalanish qoidalari topshiriladi. Shu uslubda keyin SMM va saytni ham qilish mumkin. Ishlarimiz: Ravex Logistic keysi. Batafsil: branding xizmati.
Qisqa xulosa
Logo narxi nimani olayotganingizga bog‘liq: faqat belgi yoki brend har joyda bir xil ko‘rinadigan vizual tizim. Faqat eng arzon narxga qaramang — logo kichik o‘lchamda o‘qilishi, vektor formatda topshirilishi va huquqi sizga o‘tishi kerak. Sizga faqat logo yetadimi yoki to‘liq branding kerakmi — birga muhokama qilamiz.