← Barcha loyihalar

Metall mahsulotlari ishlab chiqarish va savdosi · Marketing strategiyasi, SMM, target reklama, video production, YouTube · 2026-yil yanvardan hozirgacha

Fair Metal: ko‘rish uchun emas, sotuv uchun ishlaydigan Instagram

Metall ishlab chiqaruvchi uchun kontent, reklama va sotuv bo‘limi bitta tizimga ulandi. Natija — har oy barqaror lid oqimi va sotuvga aylanadigan murojaatlar.

  • 1 714lid 11 oyda
  • $2.90o‘rtacha lid narxi
  • 2,95 mlnqamrov (akkauntlar)
  • 20%+lidlar mijozga aylandi

01 · Vazifa

Fair Metal biz kelganimizda videolar olardi, lekin ularda taklif yo‘q edi: tomoshabin kompaniya nima bilan shug‘ullanishini ham tushunmasdi. Sahifa bor, reklama bor, lekin ular sotuvga ishlamasdi.

Vazifa: metall sotib oladigan odamlarga — quruvchilar, ustaxonalar, diler va ulgurji xaridorlarga — aniq taklif bilan chiqish va murojaatlarni sotuv bo‘limiga tizimli yetkazish.

02 · Nima qildik

  1. 01

    Strategiya tuzildi

    Ish auditoriya, raqobatchilar va taklif tahlilidan boshlandi. Kimga, qaysi kanalda va qanday taklif bilan chiqish — hammasi bitta marketing strategiyasida belgilandi.

  2. 02

    Offerlar qayta tuzildi

    Har bir video va reklama aniq taklif bilan chiqadi: zavod narxi, yetkazib berish, sifat tekshiruvi. “Oddiy lid” o‘rniga sotib olishga tayyor murojaat maqsad qilindi.

  3. 03

    Landing page + ERP va CRM

    Iyundan reklama lead-forma o‘rniga saytga olib keladi. Har bir murojaat CRM’ga tushadi, sotuv bo‘limi uni ko‘radi va natijasi kuzatiladi.

  4. 04

    Professional video va dron

    Zavod, ombor va yuklash jarayoni professional videografiya va dron kadrlari bilan ko‘rsatildi — xaridor hajm va darajani o‘z ko‘zi bilan ko‘radi.

  5. 05

    Blogerlar reklama kreativi sifatida

    Bloger videolari target reklamada sinab ko‘rildi: ularning CTR’i (1,05–1,50%) oddiy kreativlardan (o‘rtacha 0,55%) ancha yuqori chiqdi.

  6. 06

    Sotuv bo‘limi bilan ishlash

    Call-center va sotuv bo‘limiga master-klasslar o‘tildi: murojaatga qanday javob berish, taklifni qanday yetkazish.

  7. 07

    YouTube ishga tushirildi

    Birinchi oyning o‘zida 50 ming qamrov; hozirgacha 72 mingdan ortiq ko‘rish.

03 · Natijalar

Reklama
$4 963 sarf → 1 714 lid, 5,55 mln ko‘rish, 2,95 mln akkaunt qamrovi (Meta Ads, 2026 yanvar–noyabr).
Lid sifati
Landing va CRM’dan keyin lid qimmatlashdi, lekin sotib olishga tayyor murojaatlar ulushi oshdi: lidlarning 20% dan ortig‘i mijozga aylanadi.
Instagram
4 975 obunachi, oxirgi 90 kunda +20,6%; 90 kunda 2,04 mln ko‘rish va 5,3 ming profilga tashrif.
Auditoriya
Tomoshabinlarning 64% — 25–44 yoshdagi, asosan erkaklar: aynan metall sotib oladigan auditoriya.

04 · Lidlar oylar bo‘yicha

Meta Ads hisoboti, 2026. Ustun — oydagi lidlar soni.

05 · Eng ko‘p ko‘rilgan kontent

  • 1,2 mlnko‘rishBozorda metallni arzon t…
  • 288 mingko‘rishYetakchi metall yetkazuv…
  • 160 mingko‘rishKerakli metallni qidirib d…
  • 105 mingko‘rishEng ishonchlisi — baribir…

Manbalar: Meta Ads hisoboti (Fairmetal ADS, 03.11.2026), Instagram Insights va YouTube Analytics (03.11.2026). Mijoz nomi va raqamlar uning roziligi bilan ko‘rsatilgan.

Sizga ham shunday natija kerakmi?

Biznesingiz haqida yozing. Birinchi konsultatsiya bepul.

Bepul konsultatsiya olish