1. “Mening sohamga o‘xshash qanday loyihada ishlagansiz?”
Yaxshi targetolog keyslarini ko‘rsatadi: qaysi biznes, qancha byudjet, nechta murojaat keldi, bitta murojaat necha pulga tushdi. “Ko‘p ishlaganman” degan umumiy javob yetmaydi.
2. “Natijani nima bilan o‘lchaymiz?”
To‘g‘ri javob — murojaat soni va bitta murojaat narxi. Layk, ko‘rishlar va obunachilar soni sotuv emas. Targetolog faqat qamrovni gapirsa, ehtiyot bo‘ling.
3. “Reklama byudjeti qancha bo‘lishi kerak?”
Tajribali targetolog maqsadingiz va mahsulot narxidan kelib chiqib hisoblab beradi. Byudjetni so‘ramasdan “hammasi ishlaydi” degan va’da — yomon belgi. Instagram reklamasi uchun oyiga kamida 6–7 mln so‘m bo‘lmasa, tizim o‘rganishga ulgurmaydi va natija tasodifiy bo‘ladi.
4. “Reklama kabineti kimning nomida bo‘ladi?”
Kabinet va to‘lov kartasi sizning nomingizda bo‘lishi kerak, targetolog faqat kirish huquqini oladi. Aks holda hamkorlik tugaganda reklama tarixi va auditoriyalar u bilan birga ketadi.
5. “Qanchada hisobot berasiz?”
Hisobot qachon va qanday bo‘lishini oldindan kelishing: byudjet qayerga ketdi, nechta murojaat keldi, keyingi oyda nima o‘zgaradi. Hisobot bermaydigan odam bilan ishlamang.
6. “Kreativlarni kim tayyorlaydi?”
Reklama natijasini ko‘pincha rasm va video belgilaydi. Targetolog kreativni o‘zi qiladimi, dizayner bilan ishlaydimi yoki siz berishingiz kerakmi — buni boshida aniqlang.
7. “Murojaat kelgandan keyin nima bo‘ladi?”
Reklama mijozni olib keladi, sotuvni esa sizning menejeringiz qiladi. Yaxshi targetolog so‘rovlarga qanchalik tez javob berilayotganini va qaysi so‘rovlar sotuvga aylanayotganini ham so‘raydi. Bunga qiziqmasa, u faqat reklama sozlaydi, natija uchun javob bermaydi.
Target xizmati narxi qancha?
Narx loyiha hajmiga bog‘liq. Damar’da target reklama xizmati $500 dan boshlab. Reklama byudjeti alohida, uni Meta’ga mijozning o‘zi to‘laydi.
Juda arzon taklif odatda shuni anglatadi: bitta odam o‘nlab loyihani yuritadi va sizning reklamangizga vaqt qolmaydi.
Targetolog tanlashda chiroyli va’daga emas, aniq javoblarga qarang: keyslar, murojaat narxi, kabinet sizning nomingizda, muntazam hisobot.
Reklamangiz uchun qancha byudjet kerakligini birga hisoblaymiz — bog‘laning.