BLOG

SMM agentlikni qanday tanlash kerak: 7 ta savol va narxlar

Agentlikni chiroyli sahifasiga qarab tanlash oson, lekin chiroyli post hali sotuv emas. Birinchi uchrashuvda quyidagi 7 ta savolni bering: javoblardan kim siz bilan ishlashi va nima uchun pul to‘layotganingiz ko‘rinadi.

SMM agentlikni qanday tanlash kerak: 7 ta savol va narxlar

1. “Mening sohamga yaqin qanday loyihalaringiz bor?”

Keysni so‘rang: qaysi biznes, qancha vaqt ishlagan, nima o‘zgargan — murojaatlar ko‘paydimi, sotuv oshdimi. Faqat chiroyli lenta ko‘rsatsa, bu dizayn namunasi, natija emas.

2. “Ishni nimadan boshlaysiz?”

Yaxshi agentlik avval sizning biznesingizni so‘raydi: mijozingiz kim, nima sotasiz, raqobatchilar kim, hozir mijoz qayerdan keladi. Gap birinchi bo‘lib “kuniga nechta post” haqida ketsa, sizga strategiya emas, post ishlab chiqarish taklif qilinyapti.

3. “Mening sahifam bilan kimlar ishlaydi?”

SMM — bir kishining ishi emas: kontent reja, dizayn, video suratga olish va montaj, target reklama. Kim qaysi qismga javob berishini so‘rang. Hammasini bitta odam qilsa, sifat va tezlik tez tushadi.

4. “Paketga aniq nimalar kiradi?”

Oyiga nechta post, Reels va Stories, suratga olish necha marta, target reklama kiradimi, hisobot qachon. Bularning hammasi shartnomada yozilishi kerak. “Kelishib olamiz” degan og‘zaki va’da keyin janjalga aylanadi.

5. “Natijani nima bilan o‘lchaymiz?”

To‘g‘ri javob — murojaatlar soni, bitta murojaat narxi va ulardan qanchasi sotuvga aylangani. Obunachi, layk va qamrov — yordamchi raqamlar. Agentlik faqat ularni gapirsa, oy oxirida nima uchun pul to‘laganingizni bilmay qolasiz.

6. “Sahifa va reklama kabineti kimda qoladi?”

Instagram sahifasi, Meta Business kabineti va to‘lov kartasi sizning nomingizda bo‘lishi kerak. Agentlikka parol emas, Business Suite orqali rol beriladi. Shunda hamkorlik tugasa ham sahifa, reklama tarixi va auditoriyalar sizda qoladi.

7. “Kontentni kim va qachon tasdiqlaydi?”

Oldindan kelishing: kontent reja qachon keladi, necha kun ichida javob berasiz, o‘zgartirishlar necha marta. Tasdiqlash tartibi bo‘lmasa, postlar kechikadi va reja buziladi.

SMM agentlik narxi qancha?

Narx kontent hajmi, video va reklama xizmati kirishiga bog‘liq. Damar’da SMM $1,500 dan boshlab, 3 oyga olinsa $4,000 dan boshlab. Reklama byudjeti alohida, uni Meta’ga mijozning o‘zi to‘laydi. Paketlar jadvali — “Instagram yuritish narxi” maqolasida.

Juda arzon taklif odatda shuni anglatadi: sizga shablon postlar qilinadi, strategiya va video bo‘lmaydi. Agentlik yoki shtatdagi xodim — qaysi biri sizga to‘g‘ri kelishini “Marketing shtatda yoki agentlik bilan” maqolasida taqqosladik.

Agentlikni va’dasiga emas, aniq javoblariga qarab tanlang: keyslar, kim ishlaydi, paketda nima bor, natija murojaatlarda o‘lchanadi, sahifa sizda qoladi.

Sahifangiz uchun qaysi paket kerakligini birga aniqlaymiz — bog‘laning.

Ko‘p beriladigan savollar

Damar’da SMM xizmati $1,500 dan boshlab, 3 oyga olinsa $4,000 dan boshlab. Reklama byudjeti alohida, uni Meta’ga mijozning o‘zi to‘laydi.

Oyiga nechta post, Reels va Stories, suratga olish soni, target reklama kirishi, hisobot muddati, kontentni tasdiqlash tartibi va hamkorlikni to‘xtatish shartlari.

Sahifa, Meta Business kabineti va to‘lov kartasi biznes egasining nomida bo‘lishi kerak. Agentlikka parol emas, Business Suite orqali rol beriladi.

← Barcha maqolalarSMM →

Reklamangizni birga ko‘rib chiqamizmi?

Birinchi konsultatsiya bepul: hozirgi holatni ko‘rib, keyingi qadamni aytamiz.

Bepul konsultatsiya olish